Konstitutsiya faqat qog‘ozda emas, amalda ham o‘z isbotini topishi muhimdir – AQSH elchisi

Jamiyat

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum mamlakat xalqini Konstitutsiya qabul qilinganining 29 yilligi bilan tabrikladi.

“Assalomu alaykum, aziz do‘stlar. 29 yil muqaddam demokratiyani joriy etish yo‘lidagi ilk qadam sifatida O‘zbekiston yangi Konstitutsiyani qabul qilgan edi. Har bir mamlakatda Konstitutsiya fuqarolarning asosiy huquqlarini kafolatlovchi hujjat bo‘lishi kerak”, deydi elchi Rozenblyum.

Xorijlik diplomat Konstitutsiya fuqarolarga xizmat qiladigan institutlarga asos bo‘lishi kerakligi, asosiysi, hujjat amalda ham ishlashi kerakligini urg‘ulagan.

“Konstitutsiya cheklangan vakolatlarga ega bo‘lgan boshqaruv institutlari, ya’ni fuqarolar manfaatlarini chinakam ifodalay oladigan institutlar faoliyatiga zamin yaratishi lozim. Konstitutsiya faqat qog‘ozda emas, balki amalda ham isbotini topishi muhimdir. 

Bugun go‘zal mamlakatingiz o‘z tarixining yangi sahifasiga o‘tish bosqichida turibdi. Prezident Mirziyoyev har bir fuqaroning huquqlarini himoya qilish eng ustuvor vazifa ekanligini ta’kidladi. U shuningdek, xalq davlatga emas, davlat xalqqa xizmat qilishi kerak degan tamoyilni ilgari surdi. Ana shu tamoyillarga amal qilinsa, yangi O‘zbekistonni barpo etishda muvaffaqiyat qozonishingizga shubham yo‘q. Konstitutsiya kuni munosabati bilan Amerika xalqi nomidan O‘zbekiston xalqiga tinchlik sog‘lik va farovonlik tilayman”, deydi AQSH elchisi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabr kuni qabul qilingan. Mamlakatning bosh qomusi 6 bo‘lim, 26 bob va 128 moddadan iborat.


Maqola muallifi

Teglar

Konstitutsiya Deniel Rozenblyum

Baholaganlar

89

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing