Konor jang qiladigan turnirda “yangi Konor” ham oktagonga chiqadi

Sport

image

Irlandiyalik UFC jangchisi Ien Gerri va britaniyalik Maykl Peyj Las-Vegasda jang o‘tkazadi. Bu haqda UFC matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar UFC 303 doirasida kuch sinashadi. 

26 yoshli Gerri shu vaqtga qadar MMA'da 14 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan va UFC'da yetti jangdan iborat g‘alabali seriyani davom ettirmoqda. 37 yoshli Peyj 24 ta jangda 22 ta g‘alabaga erishgan. Mart oyida u UFC'dagi debyutini o‘tkazdi va Kevin Hollandni mag‘lub etdi.

Qayd etish joiz, “yangi Konor” laqabi bilan tanilgan Ien Gerri YouTube'dagi intervyularidan birida o‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev bilan ham jang qilishga tayyorligini bildirgandi. 

UFC 303 ning asosiy jangi irlandiyalik Konor Makgregor va amerikalik Maykl Chendler o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Konor Makgregor Maykl Chendler Ien Gerri Maykl Peyj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made