Maxachevning murabbiyi Gerriga qarshi jangni eng qiyinlardan deb aytdi

Sport

image

Irlandiyalik Ien Gerriga qarshi jang UFC yarim o‘rta vazn toifasidagi chempion Islom Maxachev faoliyatidagi eng qiyin janglardan biri bo‘lgan. Bu haqda rossiyalik jangchining murabbiyi Xaver Mendes “Match TV” telekanaliga ma’lum qildi.

“Bu Islomning faoliyatidagi eng qiyin janglardan biri bo‘ldi. Lekin eng muhimi – g‘alaba. Bu natija Islomning barchaning nazaridagi obro‘sini yanada mustahkamlaydi”, deydi Mendes.

Maxachev kecha, 16 avgust kuni Ien Gerri ustidan g‘alaba qozonib, UFC yarim o‘rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini himoya qildi. Shu tariqa, rossiyalik jangchi UFC tarixidagi eng uzun g‘alabali seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Uning g‘alabalar seriyasi 17 ta jangga yetdi.

Ma’lumot uchun, Gerriga qarshi bahs 34 yoshli Maxachevning yarim o‘rta vazn toifasidagi ikkinchi jangi bo‘ldi. U ushbu vazn toifasidagi chempionlik kamarini 2025 yil noyabr oyida avstraliyalik Jek Della Maddalenaga qarshi jangda qo‘lga kiritgan edi.

Bunga qadar Maxachev yengil vazn toifasida ishtirok etgan. U 2022 yil oktyabridan 2025 yilgacha UFC yengil vazn chempionligini himoya qilib, to‘rt marta kamarini saqlab qolgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing