Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi
Sport
−
10:23
3098UFC jangchisi Konor Makgregor Irlandiyada sud hay’ati tomonidan jinsiy zo‘ravonlikda aybdor deb topildi. Bu haqda “Associated Press” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur voqea 2018 yil dekabrda sodir bo‘lgan. Ayolning aytishicha, Makgregor Dublindagi “Beacon” mehmonxonasida uni zo‘rlagan va kaltaklagan. Ekspertizada ayolda ko‘karish va shilinish izlarini aniqlagan.
Makgregor o‘zining aybsiz ekanini ta’kidlagan. UFC jangchisining aytishicha, ayol bilan o‘rtasidagi munosabatlar uning roziligi bilan sodir bo‘lgan.
Sud qaroriga ko‘ra, Makgregor jabrlanuvchiga 250 ming yevro to‘lashi kerak bo‘ladi. Mazkur ish jinoiy tartibda emas, balki fuqarolik sudi doirasida ko‘rib chiqilgan – bu Makgregorga qamoq jazosi tahdid solmaganini bildiradi.
Dastlabki tergov bilan shug‘ullangan Irlandiya prokuraturasi Makgregorga nisbatan ayblov e’lon qilmaslikka qaror qilgan, chunki unga nisbatan jinoyat ishi ochish uchun yetarlicha dalillar topilmagan. Angla-sakson huquq tizimiga ega bo‘lgan boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi Irlandiyada fuqarolik protsessida ham qaror chiqarish uchun talab etiladigan dalillar standarti pastroq.
LiveBarchasi