Konor Makgregor uchinchi bor sport bilan xayrlashdi
Sport
−
07 iyun 2020
13958Mutlaq janglar bo‘yicha ikki vazn toifasida sobiq chempion, irlandiyalik Konor Makgregor o‘z faoliyatini yakunladi. U bu haqda Twitter’dagi o‘z sahifasida e’lon qildi.
"Men jang san’atini tark etishga qaror qildim. Ajoyib xotiralar uchun rahmat, ajoyib sayohat bo‘ldi", deb yozgan 31 yoshli sportchi.
U qoldirgan e’lonida onasi bilan birga tushgan suratni ilova qilgan.
Makgregor uchinchi marta katta sport bilan xayrlashayotganini e’lon qilishi. Ilk bor 2016 yilda Twitter'da sportni tark etish haqida gapirgan edi. Keyingi e’lon 2019 yilning mart oyida e’lon qilindi, ammo keyinchalik irlandiyalik yana qaytib keldi.
Konor Makgregor MMAdagi faoliyati davomida 26 ta jang o‘tkazgan. Shulardan 22 tasini g‘alaba va 4 tasini mag‘lubiyat bilan yakunlangan.
So‘nggi bor irlandiyalik Las-Vegasda amerikalik Donald Serrone bilan jang o‘tkazib, g‘alaba qozondi. Jang atigi 40 soniya davom etdi.
2018 yilning oktyabr oyida Konor Makgregor va rossiyalik Habib Nurmuhamedov o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi. Unda Nurmuhamedovning qo‘li baland kelgan edi.
LiveBarchasi