Konibodomdagi vahshiy qotilliklar ortidan 4 kishi umrbodga qamaldi
Olam
−
26 iyul 24091 2 daqiqa
Tojikistonning Konibodom shahridagi o‘nlab odamning o‘limi bilan bog‘liq ish yuzasidan to‘rt nafar shaxs umrbod ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda kecha, 25 iyul kuni Konibodam shahri rahbari Davron Zoxidzoda jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Konibodomda sodir etilgan ko‘plab odam o‘limi bilan bog‘liq ish yuzasidan to‘rt nafar shaxs umrbod ozodlikdan mahrum etilgan. Ammo Zoxidzoda hukm qaysi kunda chiqarilganini aniq aytmagan va ish tafsilotlaridan xabari yo‘qligini bildirgan.
Mazkur ish bo‘yicha ilgari berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilning mart-dekabr oylari oralig‘ida Konibodom va unga yaqin hududlarda 7 ta oiladan jami 23 kishi shafqatsiz tarzda o‘ldirilgan. Ular orasida qariyalar, bolalar va turli yoshdagi ayollar ham bo‘lgan.
Qotilliklar 2024 yilda sodir bo‘lgan. 28-29 mart kunlari bir oiladan 5 kishi, 16-17 aprel kunlari 2 kishi, 28-29 may kunlari ikkita oiladan 6 kishi, 8-9 dekabr kunlari esa 6 kishi va 15-16 dekabr kunlari ikkita oiladan 4 kishi vahshiylarcha o‘ldirib ketilgan.
Qayd etilishicha, ba’zi holatlarda qo‘lga olingan gumonlanuvchilarning yaqinlari ularning aybsizligini ta’kidlab, ishni qayta ko‘rib chiqishni talab qilgan.
Qotilliklar to‘g‘risidagi voqealar jamoat orasida katta qo‘rquv va tahlika uyg‘otgan – aholi kechalari ko‘cha-ko‘yda navbatchilik qilib, xavfsizlikni ta’minlashga uringan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Jetisu viloyatida bolaga nisbatan zo‘ravonlik ishlatib, u bilan jinsiy aloqada bo‘lgan erkak umrbod qamoq jazosiga hukm qilingandi.
Live
Barchasi