Qozog‘istonda 12 yoshli qizning nomusiga teggan erkak umrbod qamaldi

Olam

image

Qozog‘istonning Jetisu viloyatida bolaga nisbatan zo‘ravonlik ishlatib, u bilan jinsiy aloqada bo‘lgan erkak umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Jetisu viloyati prokuraturasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, 2024 yilning avgust oyida erkak 12 yoshli qiz joylashgan uyga bostirib kirib, zo‘ravonlik ishlatgan holda u bilan jinsiy aloqada bo‘lgan. O‘sha kuni u ushlanib, hibsga olingan. Erkak shahvoniy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlarini sodir etganlikda (Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 121-moddasi 4-qismi) ayblangan. Ammo Jinoyat ishlari bo‘yicha Jetisu viloyatining tumanlararo ixtisoslashtirilgan sudi sudlanuvchining harakatini jinsiy daxlsizlikka qarshi jinoyatga urinish sifatida qayta baholagan va uni atigi 15 yilga ozodlikdan mahrum qilgan.

Bildirilishicha, prokuratura organlarining izchil va prinsipial pozitsiyasi natijasida ushbu hukm apellyatsiya instansiyasi tomonidan o‘zgartirilib, aybdorga umrbod qamoq jazosi tayinlangan. Hukm qonuniy kuchga kirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Toshkent shahrida 10 yoshli o‘quvchi qizga shahvoniy shilqimlik qilgan o‘qituvchiga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangani xabar qilingandi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, muallimga nisbatan sud qarori bekor qilinishi uchun prokuror protesti kiritilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston jinsiy zo'ravonlik Jetisu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing