Kongress Tramp tomonida bo‘lishi kerak – Grin
Olam
−
20 yanvar
5721Yaqinda Ayova shtatida Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod deb Donald Tramp topilgandi. Shundan so‘ng, kongressmen, Vakillar palatasining a’zosi Marjori Teylor Grin ham barcha respublikachilar, AQSH Senati va Vakillar palatasi Trampni qo‘llab-quvvatlashi kerakligini aytdi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.
"Barcha respublikachilar, Senat va Vakillar palatasi a’zolari uning siyosatini qo‘llab-quvvatlaydigan payt keldi", deydi Grin o‘z nutqida.
Bungacha AQSH prezidentlik saylovlarida ishtirok etishni rejalashtirgan senator Tim Skott ham o‘z raqibini himoya qilgandi.
Shuningdek, Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson ham sobiq prezident tomonidaligini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp hozirgi Amerika hukumatini tanqid qilib, AQSHni ahmoqlar boshqarayotganini aytgandi. U AQSHning amaldagi rahbari Jo Baydenni “mamlakat tarixidagi eng korrupsioner Prezident” deb atagan.
LiveBarchasi