Amerikani ahmoqlar boshqarmoqda – Tramp
Olam
−
18 yanvar
7070Respublikachilar partiyasidan davlat rahbari lavozimiga nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lgan AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp ayni damda hokimiyat tepasida "ahmoqlar" o‘tirganini aytdi. U bu haqda Nyu-Gempshirdagi tarafdorlari bilan uchrashuvi chog‘ida so‘z ochgan.
Ushbu uchrashuvda Tramp joriy Amerika hukumatini tanqid qilib, AQSHni ahmoqlar boshqarayotganini aytgan. U AQSHning amaldagi rahbari Jo Baydenni ham ayblab, “mamlakat tarixidagi eng korrupsioner Prezident” deb atagan.
“Ochig‘ini aytsam, u bizga nasib qilgan eng qobiliyatsiz Prezident. U bizni Uchinchi jahon urushi sari yetaklayapti”, deya qo‘shimcha qilgan respublikachi.
Uning bildirishicha, Baydenning hokimiyatdagi "kuni to‘lib boryapti". "Ammo u va uning jamoasi ushbu muddatda ham AQSHga "anchagina zarar yetkazishga ulguradi".
Ma’lumot uchun, joriy yilning 23 yanvar kuni Nyu-Gempshirda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzodlar uchun birlamchi partiya ichidagi saylovlar bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 16 yanvar kuni Donald Tramp Ayova shtatidagi kokuslar (prezidentlik saylovlarida partiya ichidagi ovoz berishning birinchi bosqichi)da ishonchli g‘alaba qozongan edi.
LiveBarchasi