Kongress Oq uyga qarshi: Rossiya va AQSH o‘rtasidagi harbiy rejalar ochiqlanishi talab qilinmoqda
Olam
−
28 Sentabr 2021
7003Avvalroq, AQSH Qurolli Kuchlari shtablar rahbarlarining birlashgan qo‘mitasi rahbari general Mark Milli Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov bilan AQSH harbiylarining Markaziy Osiyodagi Rossiya bazalaridan foydalanish ehtimolini muhokama qilgani haqida xabar bergandik.
AQSH tashqi siyosatini nazorat qiluvchi respublikachi yuqori darajali qonunchilar Prezident Jo Bayden ma’muriyatidan Markaziy Osiyoda Rossiya harbiy bazalaridan foydalanish rejalari haqida tushuntirish talab qilmoqda. Bu haqda maktub mualliflaridan biri, senator Jim Inxofning matbuot xizmati xabar bergan.
Ta’kidlanishicha, maktubni Vakillar palatasining xorijiy aloqalar bo‘yicha qo‘mitasi a’zolari Maykl Makkol va Mayk Rojers, AQSH Senatining xalqaro munosabatlar qo‘mitasi raisi Jim Rish va Senatning Qurolli Kuchlar bo‘yicha qo‘mitasi azosi Jim Inxof yozgan.
Murojaat mualliflari Oq uy Rossiya bazalariga kirishi va terrorizmga qarshi kurashda Rossiya bilan harbiy hamkorlik qilish ehtimoli borasida muzokaralar olib borayotganidan chuqur xavotir bildirgan.
Qonunchilarning ta’kidlashicha, Moskva bilan hamkorlik AQSHning terrorizmga qarshi maqsadlarini ilgari surmaydi yoki Rossiya bilan Bayden ma’muriyati istagan barqaror munosabatlarga yo‘l ochmaydi.
Bundan tashqari, murojaat mualliflari AQSH va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlik Amerika qonunlari bilan taqiqlanganini ta’kidlagan. Ular, shuningdek Bayden ma’muriyatidan bunday rejalar haqida zudlik bilan xabar berishni talab qilgan.
LiveBarchasi