Chegaradagi otishma sabab qishloq aholisi maktab binosiga ko‘chirildi

Jamiyat

image
Toshkentda “Jihodchilar” qo‘lga olindi. Ularga topshiriq Suriyadan berib borilgan north_east

Toshkentda “Jihodchilar” qo‘lga olindi. Ularga topshiriq Suriyadan berib borilgan

Avvalroq, 9 yanvardan 10 yanvarga o‘tar kechasi Qirg‘iziston va Tojikiston chegara hududida navbatdagi mojaro yuz bergani haqida xabar bergan edik. 

Qirg‘izistonning Ko‘ktosh qishlog‘i aholisi Tojikiston bilan chegaradagi mojaro tufayli evakuatsiya qilingan. Bu xaqda Botken viloyati ma’muriyati Matbuot xizmatiga asoslanib, RIA Novosti xabar bermoqda.

"Tojikiston bilan chegara yaqinidagi Ko‘ktosh qishlog‘i aholisi xavfsizligini ta’minlash maqsadida vaqtincha uylaridan maktab binosiga ko‘chirildi", deydi manba. Shuningdek, ma’muriyat vakilining so‘zlariga ko‘ra, chegara hududida joylashgan Daxma tumani aholisi ham xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan.

Qirg‘iziston Davlat chegara xizmatining ma’lum qilishicha, 10 yanvarga o‘tar kechasida, noma’lum shaxslar bir nechta mashinalarga va qirg‘iz aholisining uylariiga tosh otganlar. Favqulodda vaziyat joyiga yetib kelgan chegarachilar kichik kalibrli qurollardan o‘qqa tutildi. Davlat chegara xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, o‘q otish Tojikiston hududidan olib borilgan.

“Ayni paytda otishma to‘xtatildi. Davlat chegarasining qirg‘iz-tojik qismida vaziyat nisbatan barqaror. Xususan, Botken viloyatida joylashgan chegara bo‘linmalari xizmatni kuchaytirilgan tartibda olib bormoqda”, deyiladi chegara xizmati xabarida.

Davlat chegarasining qirg‘iz-tojik qismi vaqti-vaqti bilan mahalliy aholi yoki ikki mamlakat chegarachilari o‘rtasidagi ziddiyatlar hududiga aylandi. Bunga esa chegaralar qat’iy delimitizatsiya qilinmagani sabab bo‘lmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

chegara Qirg'iziston-Tojikiston

Baholaganlar

230

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing