Kongoda Ebola qurbonlari soni 2 mingdan oshdi
Olam
−
15:35 373 2 daqiqa
Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusidan vafot etganlar soni 2 mingdan oshdi. Mamlakatda qayd etilgan tasdiqlangan holatlar soni esa 4 mingdan ko‘paygan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Kongo sog‘liqni saqlash instituti ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatning besh provinsiyasida Ebola bilan bog‘liq 4 381 ta tasdiqlangan holat aniqlangan. Virus oqibatida vafot etganlar soni esa 2 011 nafarga yetgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu Kongo Demokratik Respublikasida qayd etilgan 17-Ebola epidemiyasi hisoblanadi. Hozirgi epidemiya “Bundibugyo” shtammi sabab yuzaga kelgan bo‘lib, unga qarshi tasdiqlangan vaksina yoki davolash vositasi mavjud emas.
Mutaxassislar virusning avvalgi epidemiyalarga qaraganda tezroq tarqalayotganini ta’kidlamoqda. Bunga kasallikni kech aniqlash, qurolli mojarolar va tibbiy xizmatlarning yetishmovchiligi sabab bo‘layotgani aytilgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mazkur epidemiyani xalqaro ahamiyatga ega jamoat salomatligi favqulodda holati deb e’lon qilgan. Epidemiya qo‘shni Uganda hududida ham holatlar qayd etilishiga sabab bo‘lgan.
Nashrning yozishicha, Kongo hududidagi joriy Ebola epidemiyasida qurbonlar soni uch oydan kamroq vaqt ichida 2 ming nafarga yetgan. Taqqoslash uchun, 2018-2020 yillardagi epidemiyada 2 mingta o‘lim qayd etilishiga bir yildan ko‘proq vaqt ketgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kongo Demokratik Respublikasidagi Ebola virusi tarqalishi davom etayotgan epidemiya davrida tasdiqlangan kasallanishlar soni ilk bor 4 000 dan oshgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi