Kongoda davlat to‘ntarishiga uringan 37 kishi o‘limga hukm qilindi
Olam
−
14 Sentabr
3329Kongo Demokratik Respublikasi sudi 37 kishini (3 nafari amerikalik) davlat to‘ntarishiga uringanlikda aybdor deb topib, o‘limga hukm qildi. Bu haqda CBS xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning may oyida Kongo Demokratik Respublikasida davlat to‘ntarishiga urinish bo‘lgan. Ayblanuvchilarning aksariyati kongolik, britaniyalik, belgiyalik, kanadalik va 3 nafari amerikalik bo‘lgan. Ular davlat to‘ntarishiga urinish, terrorizm va jinoiy uyushma tashkil qilish kabi ayblovlar bilan sudlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, iyun oyida boshlangan sudda 14 kishi oqlangan, qolgan 37 kishi esa o‘limga mahkum qilingan.
Manbaga ko‘ra, davlat to‘ntarishini amalga oshirishga uringan isyonchilar yetakchisi va Millat saroyiga bostirib kirishga bosh-qosh bo‘lgan Kristian Malanga ismli shaxs hukumat armiyasi harbiylari tomonidan allaqachon yo‘q qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Boliviyada davlat to‘ntarishi o‘tkazishga uringan general 6 oyga hibsga olingandi.
LiveBarchasi