Kongo sharqidagi to‘qnashuvlarda to‘rt kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Kongo Demokratik Respublikasi sharqidagi Beni okrugidan to‘rt nafar tinch aholi noma’lum qurolli jangarilarning hujumi natijasida halok bo‘ldi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu Kongo armiyasi vakillarining 25 nafar jangarini yo‘q qilish to‘g‘risidagi rasmiy bayonoti paytida ma’lum bo‘ldi.

Kongo DR  qurolli kuchlari matbuot kotibi Mak Xazukayning ta’kidlashicha, jangarilarga qarshi operatsiya Benidan 60 km uzoqlikda joylashgan Eringeti hududida amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, noqonuniy qurolli guruhlarning a’zolari 2014 yildan buyon Kongo DR sharqidagi tinch aholiga hujum qilishmoqda. Buning natijasida minglab odamlar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lishgan.

Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, Kongo DR qurolli kuchlari e’lon qilgan hozirgi vazifa isyonchi guruhlarni yo‘q qilish va jangarilar faoliyati ta’sirida bo‘lgan hududlarda xavfsizlikni tiklashdir.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Kongo to'qnashuvlar

Baholaganlar

20

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing