O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar 2690 nafarga yetdi
Jamiyat
−
15 may 2020
98042020 yil 15 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2686 (+4) nafarni tashkil qilmoqda. Yangi kasallanish holatlarining 3 nafari joriy yilning 12-14 may kunlari Rossiyadan Qoraqalpog‘istonga kelgan. 1 nafar fuqaro esa Qoraqalpog‘iston Respublikasidan bo‘lib, kasallikni infeksiyaga chalingan bemor bilan muloqot orqali yuqtirib olgan.
Ayni paytda yurtimizda 2158 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayib, hozirda mamlakatimizda sog‘ayish ko‘rsatkichi 80 foizni tashkil qilmoqda. O‘zbekistonda bugungi kunda 517 nafar bemor davolanmoqda.
Aytib o‘tish lozimki, bugun Sirdaryo viloyatida davolanayotgan barcha 24 nafar bemor Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga ko‘chirib o‘tkazildi. Shifokorlarimiz tomonidan barcha bemorlarga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi