“Kompromat ishi” sud muhokamasiga yuborildi

3-sahifa

image

Keyingi haftadan jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tuman sudida “Kompromat ishi” bo‘yicha jinoiy ish ko‘rib chiqiladi. Bu haqda O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov ma’lum qildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan tasdiqlangan ayblov xulosasiga ko‘ra, 4 nafar shaxs – “Human” axborot portali asoschisi va muharriri Xurshid Daliyev, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat munosabatlari va bandlik vazirligi matbuot kotibi Mavjuda Mirzayeva, “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot kotibi Siyovush Hoshimov va fuqaro Ahmadullo Ahmadjonovlar O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 3-qismi (tovlamachilik) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan ayblanmoqda”, deb yozgan Tashanov o‘zining Facebook sahifasida. 

Uning aytishicha, sud kuni hozircha belgilanmagan. Qoidaga ko‘ra, mahkamaga raislik qiluvchi sudya kompyuter dasturi bo‘yicha tasodifiy tanlanadi. Shuningdek, sud muhokamalarining ochiq yoki yopiq o‘tkazilishiga oid ma’lumot ham mavjud emas.

“O‘zbekiston Respublikasi DXX Tergov boshqarmasi tomonidan olib borilgan tergov harakatlari davrida jinoyat ishining boshqa ishtirokchilariga oid qismi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi (JPK) talablari asosida alohida ish yurituviga olingan.

“Kompromat ishi”

Joriy yilning 27 yanvar kuni “Human” axborot portali direktori Xurshid Daliyev va uning jiyani, sobiq Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot kotibi Mavjuda Mirzayeva, “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi matbuot kotibi Siyovush Hoshimov qamoqqa olingani haqida xabar berilgandi. 

Qayd etilishicha, DXX organlari tomonidan fuqaro I.A.dan kelib tushgan murojaatga asosan, fuqaro D.X. va boshqalarning Telegram'dagi “Kompromat.uzb” va boshqa kanallar orqali amalga oshirilgan jinoyatlarga aloqadorliklari sababli ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Abdurahmon Tashanovga ko‘ra, ushbu shaxslar Jinoyat kodeksining 165-moddasidan tashqari 243-modda (jinoiy daromadlarni legallashtirish) bilan ham tergov qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Kompromat ishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing