Kommunistlar yetakchisi Shri-Lanka Prezidenti bo‘ldi
Olam
−
23 Sentabr
2927Shri-Lankada o‘tkazilgan prezident saylovida 55 yoshli marksist Anura Kumara Dissanayake g‘alaba qozondi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Markaziy saylov komissiyasi kecha, 22 sentyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra, muxolifatdagi “Milliy xalq hokimiyati” alyansi 42 foiz ovoz to‘plab, boshqa bir muxolifatchi — Sajit Premadasa hamda amaldagi Prezident Ranil Vikramasingxeni ortda qoldirdi.
Prezident etib saylangan Anura Kumara Dissanayake – 2014 yildan buyon Shri-Lanka kommunistik partiyasi yetakchisi. O‘z saylovoldi dasturida u keng ko‘lamli islohotlar o‘tkazish, xususan, korrupsiyani tag-tugi bilan quritishga va’da bergandi.
“Umid va orziqishga to‘la millionlab ko‘zlar bizni olg‘a chorlamoqda va biz birgalikda Shri-Lanka tarixini qayta yozishga tayyormiz”, deb yozdi Dissanayake X ijtimoiy tarmog‘ida g‘alaba qozongani e’lon qilinganidan so‘ng.
Komissiyaga ko‘ra, saylovchilarning 76 foizi yoki 13,6 mln kishi ovoz berishda qatnashgan.
LiveBarchasi