Komilovning sobiq o‘rinbosari yana TIVga qaytarildi
Jamiyat
−
08 aprel 2021
4880O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, G‘ayrat G‘aniyevich Fozilov Yevropa davlatlari bilan hamkorlik va xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro aloqalar bo‘yicha vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Ma’lumot o‘rnida, G‘ayrat Fozilov 2017 yilgacha Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari, 2017 yildan bugungacha O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, u Fransiya va Belgiyadagi diplomatik vakolatxonalarda ham faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning mart oyidan buyon Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Sherzod Asadov joriy yil mart oyida Prezident Administratsiyasi raisining o‘rinbosari – Prezident Matbuot kotibi lavozimiga tayinlangan edi.
LiveBarchasi