Komilovning Oliy sudga chidamagan salomatligi Konstitutsiyaviy sudda ishlashga yetadimi?
Jamiyat
−
10 avgust 2022
8115O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tarkibiga yetti nafar yangi sudya saylandi. Oliy Majlis Senatining bugun, 10 avgust kuni o‘tkazilgan o‘ttizinchi yalpi majlisida shunday qaror qabul qilindi.
Qayd etilishicha, amaldagi Konstitutsiyaviy sud tarkibining qonun bilan belgilangan amal qilish muddati joriy yilning avgust oyida tugaydi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan Konstitutsiyaviy sudning yangi tarkibi Senat yalpi majlisida keng muhokama qilingan.
Senatorlar tomonidan ma’qullangan Konstitutsiyaviy sud sudyaligiga nomzodlar yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi. Bunda yangi saylangan tarkib Konstitutsiyaviy sudning amaldagi tarkibi o‘z faoliyatini yakunlaganidan so‘ng ishga kirishishi belgilandi.
Qayd etish kerakki, O‘zbekiston Prezidenti Konstitutsiyaviy sud sudyaligiga quyidagi nomzodlarni ko‘rsatgandi:
• Janagul Ismaylovna Balkibayeva;
• Askarjon Boyisovich Gafurov;
• Karomatjon Xudaybergenovna Davletova;
• Raxat Aminbayevich Ismaylov;
• Abdumannob Kuziyevich Raximov;
• Akmal Ergashevich Raxmanov.
Shuningdek, Prezident Konstitutsiyaviy sud sudyasi vakant lavozimiga Kozimjon Fozilovich Komilov nomzodini ko‘rsatgandi.
Senatning avvalgi yalpi majlisdan roppa-rosa 5 kun o‘tib o‘tkazilgan navbatdagi favqulodda yalpi majlisda faqat sudyalar masalasi, jumladan Oliy sud raisi Komilovning kutilgan iste’fosi ko‘rilgani yetmagandek, unda Komilov salomatligi sababli lavozimidan ketayotgani aytilgan. Xo‘sh, Komilov nega bir yo‘la nafaqaga chiqib qo‘ya qolmadi? Uning Oliy sud raisi lavozimida ishlashga dosh bermaydigan salomatligi Konstitutsion sudda ishlashga chidamlimi? Masalaning boshqa tomoni ham bor. Komilovning salomatligidagi muammo uning ishdan ketishigacha olib boradigan darajada jiddiy ekan, nega u ikki oy avval nomzodi yana besh yilga Oliy sud raisligiga ko‘rib chiqilayotgan vaqtda buni rad etmadi? Hozircha bu savollar yopiqligicha qolmoqda.
LiveBarchasi