Komilov Tojikiston Tashqi ishlar vaziri bilan siyosiy maslahatlashuv o‘tkazdi

Jamiyat

image

Bugun, 29 sentyabr kuni Dushanbe shahrida O‘zbekiston va Tojikiston tashqi ishlar vazirlari Abdulaziz Komilov va Sirojiddin Muhriddin ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari to‘g‘risida siyosiy maslahatlashuvlarni o‘tkazdi. 

Siyosiy maslahatlashuvlar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, suv-yenergetika, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalardagi hamkorlik hamda BMT, YXHT, SHHT, MDH, Islom Hamkorlik Tashkiloti, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi kabi xalqaro tashkilotlar doirasidagi aloqalarni yanada faollashtirish masalalari muhokama qilindi. 

Davlat rahbarlarining qat’iy siyosiy irodasi va qo‘llab-quvvatlashi natijasida O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarining so‘nggi yillarda sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarilgani va barqaror o‘sish sur’ati olganligi qayd etildi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasining misli ko‘rilmagan darajada ortishi kuzatilmoqda. 2019 yil yakunlariga ko‘ra, mazkur ko‘rsatgich 500 mln AQSH dollarini tashkil etgan. 

Koronavirus infeksiyasi pandemiyasi bilan bog‘liq cheklov choralariga qaramay joriy yil yanvar – iyul oylarida o‘zaro tovar ayriboshlash hajmlari o‘sishi 7,5% ni (255,4 mln dollarni) tashkil etgani ta’kidlandi. 

Vazirlar pandemiya sharoitida ko‘rsatilayotgan o‘zaro ko‘mak O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik va yaqin hamkorlik munosabatlaridan guvohlik berishini e’tirof etdilar. 

Muzokaralar davomida Qirg‘izistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Uchinchi Maslahatlashuv uchrashuviga tayyorgarlikning borishi to‘g‘risida ham fikr almashildi.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulaziz Komilov O'zbekiston-Tojikiston Sirojiddin Muhriddin

Baholaganlar

24

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing