Prezident Tojikiston Tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Jamiyat

−

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “C5+1” formatidagi Tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddinni qabul qildi. Bu haqda davlat yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon O‘zbekiston rahbariga Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

Ma’lum qilinishicha, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Tojikiston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning asosiy jihatlari ko‘rib chiqilgan.

“Hamkorlik barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan. O‘zaro savdo va yuk tashish hajmi ortib bormoqda. Energetika, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi kooperatsiya loyihalari faol pallaga kirdi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, madaniy-gumanitar, ta’lim va turizm sohalaridagi almashinuvni faollashtirish muhimligi ta’kidlangan. Tomonlar mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ham muhokama qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari – Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi hamda Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayevni qabul qilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing