Komilov “S5+1” da ishtirok etdi

Jamiyat

image

AQSHning Nyu-York shahrida Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari va AQSH davlat kotibi ishtirokida "S5+1" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston tashqi ishlar vazirlari Muxtor Tleuberdi, Chingiz Aydarbekov, Sirodjiddin Muhriddin va Turkmanistonning AQSHdagi elchisi Murod O‘razov ishtirok etdi. 

Tomonlar savdo-investitsiya aloqalarini kengaytirish imkoniyati hamda Markaziy Osiyodagi integratsiya jarayonlari va chaqiriqlarga javob berish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni muhokama qildi.

Shuningdek, uchrashuvda “S5+1” maydoni Markaziy Osiyoda iqtisodiy hamkorlikni oshirish va AQSH mablag‘larini mintaqaning tranzit infratuzilmasi, atrof-muhitni muhofaza qilish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga jalb qilishning samarali vositasiga aylanayotgani qayd etib o‘tildi.  

O‘z navbatida AQSH davlat kotibi Markaziy Osiyo davlatlari jangovar harakatlar hududlaridan o‘z fuqarolarini qaytarish bo‘yicha o‘rnak hisoblanishini ta’kidlab o‘tdi.

Pompeo mintaqada barqarorlik va barqaror o‘sishni o‘rnatishning omillaridan biri sifatida Markaziy Osiyoning Afg‘oniston bilan hamkorlikni mustahkamlashi zarurligiga e’tibor qaratdi.
“S5+1” formati o‘zidan Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH hamkorligining ko‘p tomonlama mexanizmini aks ettiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Komilov Pompeo

Baholaganlar

13

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing