Abdulaziz Komilov Turkmaniston Prezidenti bilan uchrashdi
Jamiyat
−
26 may 2021
4882Bugun, 26 may kuni O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi rahbari sifatida Ashxobod shahriga amaliy tashrif bilan borgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy so‘zlari va ezgu tilaklarini yetkazgan.
Uchrashuvda oliy darajadagi tashriflar doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosi yuzasidan fikr almashilgan.
Shuningdek, ikki tomonlama aloqalar va mintaqaviy hamkorlikka doir dolzarb masalalar ko‘rib chiqilgan. Savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, transport, energetika, mashinasozlik, yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida mavjud salohiyatdan yanada to‘liq foydalanish zarurligi ta’kidlangan.
Muzokaralar chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilingan.
LiveBarchasi