Komilov Qatar Amiriga Mirziyoyevning maktubini yetkazdi 

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Qatar poytaxti Dohaga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun, 11 aprel kuni Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy tomonidan qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.  

Vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga yo‘llagan maktubini yetkazdi. 

Suhbat davomida O‘zbekiston-Qatar munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o‘zaro aloqalarning dolzarb jihatlari to‘g‘risida fikr almashildi. 

O‘zbekiston va Qatar ko‘p qirrali ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim salohiyatga ega ekanligi ta’kidlandi. 

Tomonlar o‘zaro siyosiy muloqotni faollashtirish, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda hamkorlikni sezilarli darajada oshirish zarurligini ta’kidladilar. 

Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlikka erishish va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha afg‘onlararo inklyuziv muzokaralarni ilgari surishning muhimligi ta’kidlandi. 

Qatar tomoni O‘zbekistonning Afg‘onistondagi tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. 

Muzokaralarda ikki tomon kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi. 

Avvalroq, Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Qatardagi “Tolibon” harakati siyosiy vakolatxonasi rahbari mulla Barodar Axund bilan uchrashgani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Qatar Komilov

Baholaganlar

37

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing