Komilov Bakuda o‘tadigan Turkiy kengash yig‘ilishida qatnashadi

Jamiyat

image

Joriy yilning 6 fevral kuni Ozarbayjon Respublikasining Baku shahrida Turkiy kengash Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ishtirok etadi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjon poytaxtida o‘tadigan Turkiy kengash Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etuvchi delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston joriy yilning 14 sentyabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019 yilning 15 oktyabr kuni Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining yettinchi sammitida ishtirok etdi

5 ta davlat – O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi (TDHK) a’zolari sanaladi. Tashkilot tarkibi turkiy tilli davlatlarning rahbarlari Kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Katta mansabdor shaxslari qo‘mitasi, Oqsoqollari kengashi va Kotibiyatdan tashkil topgan. Kotibiyat Istanbul shahrida (Turkiya Respublikasi) joylashgan.

Tashkilot 2009 yil 3 oktyabrda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimiga muvofiq tashkil etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Abdulaziz Komilov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi

Baholaganlar

15

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing