Komil Allamjonov koronavirusga chalindi

Jamiyat

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov COVID-19 koronavirus infeksiyasi yuqtirib olgani va kasallikdan davolanganini ma’lum qildi.

Komil Allamjonov ijtiomiy tarmoqqa joylagan videosida kasallik unda qanday o‘tgani, undan qanday davolanganini so‘zlab bergan.

“Bir necha kun oldin menda harorat ko‘tarilishi va holsizlik sezildi. Haroratimni o‘lchab ko‘rsam, 37,1 – 37,2. Juda ham holsizlanib, badanimda og‘riqlar paydo bo‘ldi. Test topshirib ko‘rsak, menda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng shifokorlarga murojaat qildim. O‘pkamni MRT qilishdi, umumiy qon tahlili topshirdim. Shunga asosan, menda yengil shakldagi koronavirus kechayotganini aytishdi va men o‘z uyimda, oila a’zolarimdan alohida bo‘lgan sharoitda, ulardan izolyatsiyada bo‘lgan holda ushbu kasallikni boshimdan o‘tkazdim”, deydi Allamjonov.

Uning aytishicha, asosan grippga chalinganda qilinadigan muolajalarni olish tavsiya etilgan. Shifokorlar maslahatiga binoan har ikki soatda haroratini o‘lchab turgan, kuniga 5-6 litrgacha suv ichgan, ikki marta harorati 39 darajadan oshgandagina isitmani tushiruvchi dori ichgan.

“Kechasi uxlaganda biroz sovuq qotib ilk ikki kunda qaltirash kuzatildi. Asta sekinlik bilan shifokorlar tavsiyasi asosida belgilangan tomoq qizargani uchun tomoq va burnimni maxsus suyuqlikda yuvib chayib turdim”, deydi Komil Allamjonov.

Shundan so‘ng, u koronavirusga oddiy shamollashdek munosabatda bo‘lish to‘g‘ri emasligi haqida gapirgan. Kasallik aniqlanganda albatta shifokorga uchrash zarurligini ta’kidlagan.

“Videomurojaatimdan asosiy maqsad shuki, juda ko‘pchilik shamolladim deb o‘ylab, koronavirusga chalinganini bilmay qolyapti. Men ana shunday hamyurtlarimizga avvalo vahimaga tushmaslikka va albatta shifokor ko‘rigidan o‘tishni tavsiya qilaman”, degan Komil Allamjonov.

U so‘zida davom etib, shifokor bilan maslahatlashmay, o‘zi bilgancha dorilar ichish kerak emasligini tavsiya qilgan. Chugki bu boshqa organizmlarga zarar yetkazishi mumkin.

“Bugun 12-kun, o‘zimni yaxshi his qilyapman. Yo‘tal, dimog‘im bitishi to‘xtadi. Harorat ko‘tarilishi uch kundan keyin o‘tib ketgan. Lekin qisqa yo‘tal davom etayotgandi”, deydi Allamjonov.

Komil Allamjonov videomurojaati yakunida karantin qoidalariga rioya qilishga va turli dorilar bilan o‘z-o‘zini davolashga urinmaslikka chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

457

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing