“Kolya Qirg‘iz” Sapar Isakovga sovg‘a qilgan avtomobil hibslandi

Olam

image

Uyushgan jinoiy guruh a’zolari Qamchibek Asanbek (Qamchi Ko‘lboyev) tomonidan Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri Sapar Isakovga sovg‘a qilingan qimmatbaho hashamatli zirhli mashina qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot markazi xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, “qonundagi o‘g‘ri” va unga aloqador shaxslarning noqonuniy orttirilgan mol-mulkini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi Murat Ramonov qo‘lga olingan. 

Aniqlanishicha, Murat Ramonov qonuniylik ko‘rinishini ko‘rsatish maqsadida Qamchibek Asanbekning jinoiy yo‘l bilan (reket, tovlamachilik, tadbirkorlardan tovlamachilik, narkotik moddalar savdosi) qo‘lga kiritgan mol-mulkini o‘z nomiga rasmiylashtirib, keyinchalik alohida siyosatchilarga o‘tkazib bergan. 

Aniqlik kiritilishicha, Murat Ramonov 2020 yil oktyabr oyida 2015 yilda ishlab chiqarilgan zirhli Mercedes-Benz S600 avtomashinasini qamoqdan chiqqanidan keyin Sapar Isakovga topshirgan. 

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil 5 oktyabr kuni Sapar Isakov ma’lum siyosatchilar bilan birgalikda markaziy Ala-Too maydonida ommaviy tartibsizliklar uyushtirish maqsadida ushbu avtomobildan foydalangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 oktyabr kuni qirg‘izistonlik kriminal avtoritet Qamchibek Ko‘lboyev (“Kolya Qirg‘iz”) Bishkekda qo‘lga olinayotganda mamlakat Milliy xavfsizlik xodimlari tomonidan otib o‘ldirilgandi. Shundan so‘ng, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev To‘qmoq shahrida qo‘mitaning yangi binosi ochilishida qatnashib, jinoyatchilarga qarata “bittasi bosh ko‘tarsa, o‘sha boshni chopishi”ni aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kolya Qirg'iz Sapar Isakov Qamchi Qo'lboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing