“Kolya Qirg‘iz”ning 60 dan ortiq avtomobili musodara qilindi

Olam

image

Qirg‘izistonda o‘ldirilgan jinoiy guruh rahbari Qamchi Ko‘lboyevning 60 dan ortiq avtomobili musodara qilindi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev bugun, 23 noyabr kuni Jogorku Kenesh (parlament) yig‘ilishida ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, uyi, idoralari va yerto‘lalaridan mashinalar olib ketiladi.

“Oltita avtomobil qonuniy ro‘yxatga olingan va auksionga qo‘yilgan. Ayrim mashinalarning hujjatlari yo‘q, ko‘plari qarovsiz tashlab ketilgan. Avtomobillar nafaqat Ko‘lboyevga, balki uning uyushgan jinoiy guruhi a’zolariga, ularning qarindoshlari va yaqinlari nomiga ro‘yxatga olingan. Nima uchun jinoyatchining onasiga 5-6 ta zirhli mashina kerak? U mol-mulk hujjatlarini bermayapti va biz ularni sud qarori bilan musodara qilamiz. [Qamchi Qo‘lboyev] uning uch qizi mashina so‘radi, men bermadim, lekin xotiniga bitta mashina qaytarib berildi”, deydi Qamchibek Tashiyev. 

Ma’lumot uchun, joriy haftada Qamchibek Asanbek (Qamchi Ko‘lboyev – Kolya Qirg‘iz)ga tegishli 6 avtomobil kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Davlat mulkini boshqarish davlat agentligi oltita avtomobilni sotish bo‘yicha elektron auksion haqida e’lon bergan. E’londa avtomashinalar Vazirlar Mahkamasiga tegishli ekani aytilgan. Holbuki, ular avval jinoiy to‘da boshlig‘iga tegishli bo‘lgan. 

Kimoshdi savdosiga qo‘yilgan eng qimmat avtomobillar – 2017 yilda ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz S600 25,5 million som (286 484 AQSH dollari) va 2021 yilda ishlab chiqarilgan BMW Alpina XB7 18 million som (202 224 AQSH dollar)ga baholangan. 

Bundan tashqari, 2019 yilda ishlab chiqarilgan Hyundai Genesis (31 457 AQSH dollari), 2019 yilgi Kia Rio X-LINE (12 919 AQSH dollari), 2013 yilda ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz G500 (60 667 AQSH dollari) va Toyota Land Cruiser Prado 2005 (71 902 AQSH dollari) ham bor. 

Auksion 11 dekabr kuni elektron savdo maydonchasi veb-saytida onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 oktyabr kuni qirg‘izistonlik kriminal avtoritet Qamchibek Ko‘lboyev (“Kolya Qirg‘iz”) Bishkekda qo‘lga olinayotganda mamlakat Milliy xavfsizlik xodimlari tomonidan otib o‘ldirilgandi. Shundan so‘ng, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev To‘qmoq shahrida qo‘mitaning yangi binosi ochilishida qatnashib, jinoyatchilarga qarata “bittasi bosh ko‘tarsa, o‘sha boshni chopishi”ni aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qamchibek Tashiev Kolya Qirg'iz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing