Kolumbiyaning Kundinamarka departamentidagi ko‘mir konida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda 11 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda “Semana” nashri yozmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, baxtsiz hodisa Pueblo Vexa qishlog‘ida sodir bo‘lgan.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, portlashga ko‘mir konida ko‘p miqdorda metan to‘planishi sabab bo‘lgan.
Nashrda yozilishicha, portlashdan so‘ng, 4 nafar konchi qamalib qolgan. Ular keyinchalik qutqarib olingan. Qutqarilganlarda jiddiy jarohatlanish alomatlari kuzatilmagan.