Kolumbiyada vertolyot qulab tushishi oqibatida 8 harbiy halok bo‘ldi
Olam
−
30 Sentabr
1480Kolumbiyada vertolyotning qulab tushishi oqibatida sakkiz nafar harbiy halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Gustavo Petro X’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, kecha, 29 sentyabr kuni Venesuela bilan chegara yaqinida gumanitar missiyani olib ketayotgan vertolyot Huey II qulab tushgan.
“Sakkiz nafar harbiy Vichadaning sharqiy departamentida missiyada edi”, deydi Prezident Gustavo Petro.
Kolumbiya harbiy-havo kuchlarining ma’lum qilishicha, vertolyotning halokatga uchrashi oqibatida uning bortidagi barcha xodimlar halok bo‘lgan. Vertolyot ekipaji tibbiy evakuatsiya missiyasini bajarayotgan edi.
Bildirilishicha, hodisa sabablari hali aniqlanmagan.
Ma’lumot uchun, bu Kolumbiyada joriy yildagi birinchi harbiy samolyot halokati emas. Aprel oyida ham mamlakat shimolida vertolyot qulashi oqibatida to‘qqiz nafar askar halok bo‘lgandi, fevralda esa yana to‘rt nafar askar Panama bilan chegaradagi aviabaza yo‘lida qulashi oqibatida halok bo‘lgandi. Fevral oyida shimoli-g‘arbiy Antiokiyada vertolyot halokati oqibatida besh politsiyachi ham halok bo‘lgan.
Kolumbiyaning bir qancha qismlarida qurolli guruhlar mamlakat harbiylariga qarshi hudud va hokimiyat uchun jang olib bormoqda, biroq ular avvalgi halokatlarda ayblanmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zimbabve Prezidenti Emmerson Mnangagvani olib uchishi kerak bo‘lgan vertolyot parvozidan ko‘p o‘tmay yerga qulagandi.