Kolumbiyada sobiq isyonchi Prezident bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 19 iyun kuni Kolumbiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda “Tarixiy pakt Kolumbiya” chap qanot koalitsiyasidan nomzod Gustavo Petro g‘alaba qozondi. Bu haqda RBK xabar berdi.

Qayd etilishicha, saylov byulletenlarining 99,95 foizi tezkor hisoblab chiqilganidan so‘ng olingan ma’lumotlarga ko‘ra, saylovchilarning 50,45 foizi Gustavo Petroga ovoz bergan.

Amaldagi Prezident Ivan Duke allaqachon Petroni g‘alabasi bilan tabriklagan.

Yoshligida hukumatga qarshi qurolli kurash olib borgan Gustavo Petro 62 yoshda. Talabalik davrida u radikal so‘llarning “19 aprel harakati” partizanlik guruhi a’zosi bo‘lgan. 1991 yilda Kolumbiya Vakillar palatasi a’zoligia qabul qilingan. 1994 yildan 1998 yilgacha Kolumbiyaning Belgiyadagi elchixonasida ishlagan, keyin yana Vakillar palatasi a’zoligiga qaytgan. 2006-2010 yillarda Senat (parlament yuqori palatasi) a’zoligiga qabul qilingan.

2010 yilda u birinchi marta prezidentlikka da’vogarlik qilgan, biroq jiddiy qo‘llab-quvvatlanmagan (9 foiz ovoz to‘plagan). Bir yil o‘tgach, u mamlakat poytaxti Bogota shahrining meri bo‘lgan. Shu bilan birga, u Kolumbiyadagi so‘l siyosiy kuchlarning yetakchisi sifatida tanila boshlagan. 2018 yilda u yana prezidentlik saylovlarida ishtirok etgan, ikkinchi bosqichga ham chiqqan, ammo yutqazgan.

Petro prezidentlik davrida amalga oshirishni rejalashtirgan siyosiy qarorlar orasida quyidagilar joy olgan: 

•  Kolumbiyada neft qazib olishdan voz kechish; 
•  toza energiyadan foydalanadigan fermer xo‘jaliklarining yukini yengillashtirish uchun soliq islohoti; 
•  davlat tomonidan nodavlat pensiya jamg‘armalarining pul mablag‘laridan foydalanish va boshqalar.


Maqola muallifi

Teglar

Kolumbiya Pedro prezidentlik

Baholaganlar

209

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing