Kolumbiyada avtobus jarlikka quladi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image

Kolumbiyaning janubida avtobus jarlikka qulab, 13 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda mamlakat Transport vaziri Mariya Konstansa Garsiyaga tayanib, “El Tiempo” nashri xabar berdi. 

Vazirlikning ma’lum qilishicha, mas’ullar 13 nafar o‘lim holati va 18 nafar jabrlanuvchi, shuningdek, bir yo‘lovchining jarohatsizligini tasdiqlagan. Jabrlanganlar Pasto shahridagi shifoxonalarga olib borilgan.

Avtobus Kali shahridan Ipyales qishlog‘iga yo‘l olgan edi, bu joy Ekvador bilan chegaradosh. Qutqaruvchilarning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, transport vositasi nosoz bo‘lgan va haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, avtobus balandlikdan qulab tushgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eronda yonilg‘i tashuvchi tankerning Siston va Balujiston viloyati yo‘nalishida ketayotgan avtobus bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 9 kishi halok bo‘lgandi va 15 kishi jarohatlangandi. Faraja avtoyo‘l politsiyasi maxsus operatsiyalar bo‘limi boshlig‘i polkovnik Behruz Xonpur tekshiruvlarga tayanib, hodisaning asosiy sababi “yonilg‘i tashuvchi tankerning chapga og‘ishi” ekanini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kolumbiya jarlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing