Kolumbiya Prezidentining o‘g‘li giyohvand moddalar savdosida gumonlanib hibsga olindi
Olam
−
02 avgust 2023
3375Kolumbiya bosh prokurori mamlakat Prezidenti Gustavo Petroning o‘g‘lini pul yuvish va noqonuniy boyib ketishda gumon qilib hibsga oldi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Atlantiko provinsiyasidan bo‘lgan siyosatchi Nikolas Petro narkotik savdogarlari tomonidan maosh olgani va bu pullar otasining siyosiy qadamlari va saylovoldi kampaniyasini moliyalashtirishga sarflangani haqidagi ayblovlar bilan qo‘lga olingan. Nikolas Petro ayblovlarni rad etgan.
Tergov doirasida kichik Petroning sobiq rafiqasi ham hibsga olingan.
Qayd etilishicha, mamlakat Prezidentining o‘zi mart oyida prokurorlarga o‘g‘lini tergov qilishni buyurgan.
Prezident Petro ijtimoiy tarmoqlarda agar farzandlaridan biri qamoqqa tushsa xafa bo‘lishini aytgan, biroq ayni paytda tergov jarayoniga aralashmasligini qo‘shimcha qilgan.
“O‘g‘limga omad va kuch-quvvat tilayman. Bu voqealar uning fe’l-atvorini jilovlasin va xatolari haqida o‘ylasin”, deydi Petro.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, dunyodagi kokainning yarmidan ko‘pini ishlab chiqaradigan Kolumbiyada nafaqat mafiya, balki qurolli isyonchi guruhlar ham butun dunyo bo‘ylab, jumladan, AQSH va Yevropada giyohvand moddalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishda faol ishtirok etmoqda.
Prezident Petro qurolli isyonchi guruhlar va narkotik kartellari bilan kelishuvlar orqali tinchlikni ta’minlashga yoki qurollarni topshirishni ta’minlashga va’da bergan.
LiveBarchasi