Kolumbiya Prezidenti vertolyotiga noma’lum shaxslar hujum qildi

Olam

image

Kolumbiya Prezidenti Ivan Dukening vertolyotiga noma’lum shaxslar tomonidan hujum uyushtirildi. Prezident o‘z videomurojaatida uning vertolyoti o‘qqa tutilgani haqidagi xabarlarni tasdiqladi.

Uning ta’kidlashicha, o‘q otish oqibatida hech kim jabrlanmagan.

“Shunisi aniqki, bu qo‘rqoqlarning hujumi, Prezident vertolyotida o‘q teshiklari ham mavjud”, deydi Duke.

Qayd etilishicha, vertolyot Milliy ozodlik armiyasi chap qanot partizanlari va giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi to‘dalar faoliyat yuritadigan hudud ustidan uchib o‘tayotgan payt o‘qqa tutilgan. Prezident bilan birga vertolyot bortida boshqa rasmiylar, jumladan Kolumbiya Mudofaa vaziri Diyego Molano va Ichki ishlar vaziri Daniel Palasios ham bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Kolumbiyada joriy yilning aprel oyi oxirida boshlangan norozilik namoyishlari davom etmoqda. Namoyishchilarga ko‘ra, hukumat koronavirus pandemiyasi bilan kurashishni uddalay olmayapti va ularning kelajakka bo‘lgan umidlarini yo‘q qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Kolumbiya

Baholaganlar

127

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing