Kolorado daryosi yo‘q bo‘lib ketishi mumkin

Olam

image

AQSH markazining g‘arbiy qismida joylashgan Kolorado daryosining suv zaxiralari tugamoqda, vaziyat inqiroz yoqasiga kelib qolgan. Bu haqda CBS News telekanali xabar berdi.

Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH g‘arbida istiqomat qiluvchi qariyb 40 million kishi har kuni aynan shu daryodan suv oladi. Aholi sonining o‘sib borishi manbadan tobora ko‘proq suv iste’mol qilinishiga olib kelmoqda, “ona tabiat” esa suv resurslarini qayta tiklashga yordam bermayapti.

“Suv omborlarida suv sathi pasayishining bir nechta sabablari bor. Gap faqat bitta omilda emas, lekin bu yil ona tabiat bizga albatta yordam bermadi”, deydi Arizona shtati universiteti huzuridagi Kayl nomidagi suv siyosati markazi direktori Sara Porter.

Xususan, daryoni to‘yintiruvchi Tog‘li qoyalardagi qor qoplami shu qishda rekord darajadagi eng past ko‘rsatkichga tushgan. Buning oqibatida Mid va Pauell ko‘llari kabi yirik suv omborlarida suv sathi kritik darajada pasayib ketgan.

“Arizona, Kaliforniya va Nevada shtatlari rasmiylari suvni tejash uchun kurash boshlashgan, biroq ular daryoni qurib qolishdan qutqarib qoladigan yakuniy kelishuvga erisha olmayaptilar”, deyiladi maqolada.

Yuzaga kelgan vaziyat qishloq xo‘jaligi, gidroenergetika va suv ta’minotini xavf ostida qoldirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yer sayyorasi eng yirik iqlim falokatiga duch kelishi ehtimoli borligi – olimlar bundan 150 yil avval o‘n millionlab odamlarning yostig‘ini quritgan yangi El-Nino siklini kutayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Kolorado daryosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing