Kollej va texnikumlarga kirish imtihonlarining natijalari qachon e’lon qilinishi aytildi
Jamiyat
−
16 dekabr 2020 8878 1 daqiqa
Ertaga, 17 dekabr kuni2020/2021 o‘quv yilida kollej va texnikumlarga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar ishtirokida o‘tkazilgan saralash imtihonlari (test sinovlari, yozma va kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalari e’lon qilinadi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, abituriyentlar saralash imtihonlari natijalarini o‘zlari hujjat topshirgan ta’lim muassasalarida bilishlari mumkin.
Shuningdek, Davlat test markazining rasmiy veb-sayti www.dtm.uz orqali ham test sinovlari natijalari bilan tanishish mumkin bo‘ladi.
Live
Barchasi