Kollej va texnikumlarda o‘qishni ko‘chirish boshlandi

Jamiyat

image

Bugun, 20 iyul kuni kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlarda (Adliya vazirligining yuridik texnikumlaridan tashqari) o‘qishni ko‘chirish yuzasidan arizalar qabul qilish boshlandi. Arizalarni 10 avgustga qadar topshirish mumkin. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

O‘qishini ko‘chirish istagida bo‘lganlar ta’lim muassasasida tashkil etilgan Ishchi guruhga quyidagilardan iborat hujjatlar yig‘ma jildini taqdim etadi:

•    ariza (o‘quvchi yoki voyaga yetmagan bo‘lsa uning ota-onasi tomonidan);
•    professional ta’lim muassasasi tomonidan berilgan akademik ma’lumotnoma;
•    o‘quvchining kursdan kursga o‘tganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma;
•    o‘quvchining pasport yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi hamda ota-onasi (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ning doimiy yashash joyi ko‘rsatilgan pasporti nusxasi.


Maqola muallifi

Teglar

kollej texnikum

Baholaganlar

150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing