Kollej hisobchisi 221,8 mln so‘mni talon-taroj qilib yubordi

Jamiyat

image

Termiz tumanida kollej hisobchisi ishdan bo‘shatilgan xodimlar hisobiga maosh yozib, 221,8 mln so‘mni talon-taroj qilgan. Bu haqda Bosh Prokuratura Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Termiz tumani arxitektura va qurilish kasb-hunar kolleji bosh hisobchisi Sh.X. kollejning 5 nafar sobiq ishchi-xodimlarining nomiga 2017-2018 yillar va 2019 yil 2 oyi davomida jami 221,8 mln. so‘m ish haqi yozib, ularning nomidagi plastik kartochkalarga oyma-oy tushirib olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganligi aniqlandi. 

Tekshiruv davomida byudjetga yetkazilgan zarardan 100,3 mln. so‘m  undirilishi ta’minlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan Sh.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat

Baholaganlar

147

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing