Kogon tumani hokimi o‘zgardi

Jamiyat

image

Buxoro viloyatidagi Kogon tumanining oldingi hokimi Muhiddin Esanov lavozimidan ozod etildi va uning o‘rniga Otabek Qozoqov yangi hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Bugun, 13 mart kuni Xalq deputatlari Kogon tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Unda viloyat hokimi Botir Zaripov, Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi Sahob Sulaymonov, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, viloyatdagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari va mutasaddi xodimlari, tuman faollari ishtirok etgan.

Viloyat hokimi Botir Zaripov so‘zga chiqib, oxirgi paytda Muhiddin Esanovning sog‘ligi yomonlashgani uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda qiyinchiliklarni keltirib chiqarayotganini aytgan. Shu bois Muhiddin Turdiyevich Esanov tuman hokimi lavozimidan ozod etishni so‘rab murojaat qilgan. Shundan so‘ng Esanov Kogon tumani hokimi lavozimidan ozod etildi. 

Uning o‘rnini shu paytga qadar “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direktori lavozimida ishlab kelgan Otabek Nodirovich Qozoqov egalladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 mart kuni Kogon shahri hokimi Hayot Davlatovga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro Kogon Otabek Qazoqov Muhiddin Esanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing