Klopp Germaniyani boshqarishi mumkin

Sport

image

“Liverpul”ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodlardan biri bo‘lib turibdi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Kloppning hozirgi “Red Bull” bilan tuzgan shartnomasida Germaniya terma jamoasini boshqarish imkoniyati paydo bo‘lsa, bir tomonlama shartnomani bekor qilish huquqini beruvchi maxsus band mavjud.

Avvalroq, jurnalist Fabritsio Romano ham Klopp imkoniyat tug‘ilgan taqdirda o‘z vatani terma jamoasini boshqarishga qiziqish bildirganini ma’lum qilgan edi.

Shu bilan birga, amaldagi bosh murabbiy Yulian Nagelsmannning kelajagi noaniq bo‘lib qolmoqda. Germaniya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatining 1/16 finalida Paragvay bilan asosiy va qo‘shimcha vaqtda 1:1 hisobida durang o‘ynab, penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lganidan keyin musobaqani tark etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Jahon chempionatining 1/8 finalidagi mag‘lubiyatidan so‘ng iste’foga chiqish niyati yo‘qligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing