Nagelsmann Germaniya terma jamoasini tark etadimi?

Sport

image

Germaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Jahon chempionatining 1/8 finalidagi mag‘lubiyatdan so‘ng iste’foga chiqish niyati yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Avvalroq, Germaniya terma jamoasi 1/8 finalda Paragvayga mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha vaqti 1:1 hisobida yakunlangan bo‘lsa, penaltilar seriyasida Paragvay 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. Natijada Germaniya Jahon chempionatidagi yurishini yakunladi.

“Men iste’foga chiqmayman. Agar Germaniya futbol assotsiatsiyasi mening 2028 yilgacha ishlashimni istasa, qolaman. Agar bunday bo‘lmasa, ushbu loyihani tark etaman”,  deydi Nagelsmann.

Ma’lumot uchun, 38 yoshli mutaxassis Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyligiga 2023 yil 22 sentyabr kuni tayinlangan. Uning boshqaruvi ostida jamoa 2024 yilgi Yevropa chempionatida o‘z maydonida chorak finalgacha yetib borgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing