Klopp “Barselona” uchun ta’tildan voz kechishi mumkin
Sport
−
07 fevral
5538Mavsum yakunida jamoani tark etishini e’lon qilgan “Liverpul”ning germaniyalik bosh murabbiyi Yurgen Klopp “Barselona”ni boshqarishi mumkin. Bu haqda futbol jurnalisti Jerar Romero o‘z X sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, nemis mutaxassisi faqatgina “Barselona” taklifi uchun bir yillik ta’tildan voz kechadi. Kataloniya klubi sport direktori Deku esa hozirda Kloppning klubga kelishi haqiqatdan yiroq ekanligini aytdi.
Qayd etish joiz, “Barselona”ning amaldagi bosh murabbiyi Xavi mavsum yakuniga yetganidan so‘ng klub murabbiyligidan ketadi.
Ma’lumot uchun, Klopp 2015 yilning 8 oktyabridan buyon “Liverpul”ni boshqarib kelmoqda. Bu vaqt ichida 56 yoshli mutaxassis “qizillar” bilan 10 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. “Liverpul” Yurgen qo‘l ostida Yevropa Chempionlar ligasi, Angliya chempionati, Liga kubogi, Angliya kubogi, UEFA superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.