Senat shakllantirildi. Ilk majlis sanasi ham belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 17 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolarini ro‘yxatga olish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda Senatining birinchi majlislarini chaqirishga oid masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 85-moddalariga muvofiq 2020 yilning 16-17 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga o‘tkazilgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, mahalliy Kengashlar deputatlarining tegishli qo‘shma majlislari bayonnomalariga asosan Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Senati a’zolarini ro‘yxatga oldi.

Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlangan Oliy Majlis Senati a’zolarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Markaziy saylov komissiyasining qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisi 2020 yil 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Senatga hududlardan saylangan senatorlar ro‘yxati:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1. Muso Yerniyazov — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi

2. Guliston Annaqilicheva — “Qoraqalpog‘iston adabiyoti” gazetasi bosh muharriri

3. Oral Ataniyazova — Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali direktori

4. Abad Daniyarov — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi raisi

5. Botir Matmuratov — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qo‘mita raisi

6. Sharof Usnatdinov — “Nuroniy” jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi rahbari

Andijon viloyati

1. Shuhratbek Abdurahmonov — Andijon viloyati hokimi.

2. Ravshanbek Alimov — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i.

3. Matluba G‘aniyeva — Andijon tumani Orol mahalla fuqarolar yig‘ini raisi.

4. Odiljon Iminov — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari.

5. Tolibjon Madumarov — O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari.

6. Akrom G‘aniyev — “Nil-granit” mas’uliyati cheklangan jamiyati ishlab chiqarish bo‘yicha direktor o‘rinbosari.

Buxoro viloyati

1. O‘ktam Barnoyev — Buxoro viloyati hokimi

2. Abera Huseynova — Respublika “Oila” ilmiy- amaliy tadqiqot markazining Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i

3. Nurmuxamed Achilov — Olot tumanidagi «Parvoz Humo Ravnaq Trans» MCHJ ta’sischisi

4. Erkin Gadoyev — Moliya vazirligi departamenti direktorining birinchi o‘rinbosari

5. Murtazo Rahmatov — “Buxoro Kotton Tekstil Klaster” paxta-to‘qimachilik klasteri ta’sischisi

6. Shuhrat Cho‘lliyev — Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

Jizzax viloyati

1. Ergash Saliyev — Jizzax viloyat hokimi

2. Nazira Muxtorova — Viloyat hokimi o‘rinbosari — viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi

3. Xolida Alimova — Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi Bosh vrachi

4. Nusratullo Pardayev — Kasaba uyushmalari viloyat kengashi raisi

5. Risqul Siddiqov — Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining G‘allaorol ilmiy-tajriba stansiyasi direktori

6. Sanobar Suyarova —“Umid” maktab-internati direktori.

Navoiy viloyati

1. Tursunov Kobul Beknazarovich — Navoiyviloyati hokimi;

2. Xodjayev Jamshid Baxtiyorovich — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi raisi;

3. Tulekova Ziba Tolibekovna — Tomdi tumani hokimi o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;

4. Sharipov Baxodir Mavlonovich — “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi;

5. Orziyeva Dilbar Adizovna — Navoiy shahar “Mehribonlik uyi” direktori;

6. Fayziyev Ulug‘bek Ganiyevich — Navoiy shahri “Zarafshon Golden Grup” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi.

Namangan viloyati

1. Xayrullo Bozorov — Namangan viloyati hokimi

2. Nosirbek Abdullaxonov — Namangan shahridagi “Anamed” diagnostika markazi rahbari

3. Anna Dobrix — Namangan shahridagi “Iftixor kiyim sanoat” MCHJ rahbari

4. Ikromxon Najmiddinov — O‘zbekiston Faxriylarini qo‘llab-quvvatlash“Nuroniy”jamg‘armasiviloyat bo‘limi raisi

5. Mahmudjon Parpiyev — “Namangan haqiqati”viloyat gazetasi bosh muharriri

6. Baxtiyor Umarov — “Istiqlol tekstil dizayn” MCHJ direktori.

Samarqand viloyati

1. Erkinjon Turdimov — Samarqand viloyati hokimi

2. Rustam Xolmurodov — Samarqand davlat universiteti rektori

3. Gavhar Alimova — viloyat hokimining o‘rinbosari — xotin-qizlar qo‘mitasi raisi

4. Hasan Normurodov — “Nuroniy” jamg‘armasi Samarqand viloyat bo‘limi raisi, O‘zbekiston Qahramoni

5. Farmon Toshev — “Zarafshon“ va “Samarkandskiy vestnik“ gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri

6. Shavkat Jalolov — “Agromir group” direktorlar assotsiatsiyasi Kengashi raisi.

Sirdaryo viloyati

1. G‘ofurjon Mirzayev — Sirdaryo viloyati hokimi.

2. Hayotxon Ortiqboyeva — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limirahbari.

3. Anvar Tuychiyev — Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Sirdaryo viloyati Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari.

4. Ulug‘bek Sotiboldiyev — Mirzaobod tumanidagi “BEK Sluster” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi bosh direktori.

5. Farhod Boqiyev — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i.

6. Dilfuza O‘rolova — Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi.

Surxondaryo viloyati

1. To‘ra Bobolov — Surxondaryo viloyati hokimi.

2. Baxtigul Bo‘tayeva — Qiziriq tumanidagi 17- umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori.

3. Bahodir Qodirov — “Surxon sanoat qurilish” kompaniyasi boshqaruvi raisi.

4. Abdug‘ani Sanginov — “O‘zbekgidroenergiya” AJ boshqaruvi raisi.

5. Arziqul Soatov — FO‘O‘BOFMB Surxondaryo viloyati kengashi raisining keksalar va faxriylar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari.

6. Toshqulov Abduqodir Hamidovich — Termiz davlat universiteti rektori.

Toshkent viloyati

1. Rustam Xolmatov — Toshkent viloyati hokimi

2. Abdullo Xursanov — Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ boshqaruvi raisi—Bosh direktori

3. Maxmudjon Toirov (Mahmud Toir) —O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi rahbari, O‘zbekiston xalq shoiri

4. Zayniddin Maxamatovich Nizamxo‘jayev — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi

5. Kutbidin Burxanov — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi yuristlar malakasini oshirish markazi direktori

6. Malika Kadirxanova — “Tadbirkor ayol” uyushmasining Toshkent viloyati bo‘limi raisi

Farg‘ona viloyati

1. Shuhrat G‘aniyev — Farg‘ona viloyati hokimi

2. Lola Murotova — “Nurli Obod” fermer xo‘jaligi rahbari, O‘zbekiston Qahramoni

3. Robaxon Mahmudova — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasimudiri

4. Ibrohimjon Sultonov — “Ibrohimjon gilamlari” xususiy ishlab chiqarish korxonasi rahbari

5. Topvoldi Xoldorov — O‘zbekiston faxriylari faoliyatini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi

6. Enaxon Siddiqova — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi

Xorazm viloyati

1. Farxod Ermanov — Xorazm viloyati hokimi

2. Gavhar Durdiyeva —O‘zR Fanlar akademiyasi mintaqaviy bo‘limi – Xorazm Ma’mun akademiyasi ilmiy ishlar bo‘yicha rais muovini

3. Ravshanbek Kurbanov — Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi aksiyadorlik jamiyati direktori

4. Faraxat Sadullayeva — “Urganch milliy tikuvchilik” oilaviy korxonasi rahbari

5. Bahodir Tajiyev — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari qo‘mitasi raisi

6. Umarbek Sharipov — Urganch tumani “Tillo domor” xususiy korxonasi rahbari

Qashqadaryo viloyati

1. Zoyir Mirzayev — Qashqadaryo viloyati hokimi;

2. Abduraxim Irkayev — Qarshi davlat universiteti milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi dotsenti;

3. Xurshid Fozilov — Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi Qarshi filiali direktori;

4. Feruza Eshmatova — Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo masalalari Qo‘mitasi raisi o‘rinbosari.

5. Shermat Shamsiyev — “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori;

6. Kurbanov Ilxam Uzakovich — “Amu-Qashqadaryo” ITXB boshlig‘i;

Toshkent shahri

1. Jahongir Ortiqxo‘jayev — Toshkent shahar hokimi

2. Tanzila Norboyeva — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senat Raisi

3. Dilorom Toshmuhammedova — “Oila” ilmiy-amaliy markazi direktori

4. Rustam Kalonov — “Nuroniy” jamg‘armasi Toshkent shahar Kengashi raisi

5. Azamat Ziyo — O‘zFA Tarix instituti direktori

6. Shomansur Sagdullayev — O‘zFA O‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori.

Konstitutsiyaga ko‘ra, 16 nafar senator O‘zbekiston Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Prezident o‘z vakolatidan foydalanib 13 nafar senatorni tayinladi. Ularning ro‘yxati bilan ushba havola tanishishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Senat senator

Baholaganlar

79

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing