Kleopatra va Antoniy qabrining taxminiy manzili aniqlandi

Bu qiziq

image

Misrdagi tarixchilar Mark Antoniy va Kleopatraning yo‘qolgan qabrini topishga juda yaqin turibdi. Bu haqda “Mirror” nashri xabar berdi

Misrlik arxeolog Zaxi Xavasning so‘zlariga ko‘ra, daxma Iskandariyadan 30 km uzoqlikdagi Taposiris Magna mintaqasida ekanligi taxmin qilinmoqda.

"Antoniy va Kleopatraning uzoq vaqtdan beri yo‘qolgan qabri oxir-oqibat topiladi. Biz qabrning aniq joyini aniqlashga juda yaqinmiz”, dedi u.

Qidiruv ishlarida ishtirok etayotgan tarixchilar qabr deyarli topilganiga ishonmoqda.

 “Men tez orada Antoniy va Kleopatra qabrini topishga umid qilaman. Ular bir qabrda dafn etilganiga ishonaman”, dedi arxeolog.

Ma’lumot uchun, Kleopatra Misrdagi Ptolemeylar qirolligining oxirgi hukmdori edi. Umumiy qarashlarga ko‘ra, u  Mark Antoniy bilan birga 39 yoshida o‘z joniga qasd qilgan. Ammo ba’zilar uning o‘ldirilganiga ishonadi va Kleopatraning qabrini topish buni isbotlashga yordam beradi, deb hisoblaydi. 

Mark Antoniy esa siyosatchi va general edi. Unga Rimning sharqiy viloyatlari, shu jumladan Kleopatra tomonidan boshqariladigan Misr shohligi berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Misrda tarixchilar arxeolog

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing