Xitoyda Buyuk Xitoy devoridan ham qadimiyroq devor topildi
Olam
−
05 mart 6702 1 daqiqa
Xitoyda arxeologlar bundan 2800 yil oldin qurilgan qadimiy mustahkam devorni topdi. Bu haqda “Livescience” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu noyob ob’ekt Xitoyning birinchi imperatori hukmronligidan oldin qurilgan va Sharqiy Shandun provinsiyasidagi tog‘ dovoni orqali o‘tgan.
Dastlab olimlar devorning kengligi taxminan 10 metrni tashkil etishini taxmin qilgan, ammo keyin uning kengligi 30 metrga yetishi aniqlangan. Devor bo‘laklaridan tashqari, tadqiqotchilar uylar, yo‘llar va xandaklar qoldiqlarini, shuningdek, hayvonlar suyaklari va o‘simlik qoldiqlarini topgan, bu esa istehkomning yoshini aniq belgilashga imkon bergan.
Ba’zi ommaviy axborot vositalari bu kashfiyotni Buyuk Xitoy devorining qurilishidan 300 yil ilgari qurilgan deb hisoblamoqda. Biroq ba’zi mutaxassislar bu da’volarni rad etgan.
Qolaversa, olimlar topilgan istehkomlar Buyuk Xitoy devorining bir qismi emasligini, balki Xitoy hududi doimiy ravishda o‘zaro urushlar olib boradigan ko‘plab mustaqil davlatlarga bo‘lingan davrda qurilgan alohida ob’ektni anglatishini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq olimlar Xitoyda Homo juluensis deb nomlangan qadimiy odamning yangi turini kashf etgandi. Ushbu tur taxminan 200 ming yil avval yo‘qolib ketgan.
Live
Barchasi