Klaviatura ovozidan matnlarni o‘qiy oladigan algoritm ishlab chiqildi

Texnologiya

image

Britaniyalik mutaxassislar foydalanuvchilar tomonidan bosilgan tugmalarni tovush orqali aniqlaydigan algoritmni ishlab chiqdi. Bu haqda “Hackaday” nashri xabar berdi.

Ushbu algoritm klaviaturada bosilgan tugmalarni ularning tovushidan 97 foiz aniqlik bilan ajrata oladi. Bu usuldan foydalanib xakerlar barcha yozilgan xabarlarni o‘qishi mumkin.  Maxfiylikning buzilishi ma’lumotlar va parollarning xavfsizligiga ham daxl qiladi.

“Masalan, parolni terayotganda odamlar muntazam ravishda ekranlarini yashirishadi, lekin klaviatura ovozini pasaytirishmaydi”, deydi tadqiqotchilardan biri.

Eslatib o‘tamiz, endi Apple’ning virtual yordamchisi Siri`ni pichirlab yoki umuman ovozsiz faollashtirish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

tugma Klaviatura ovoz matn algoritm

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing