KXSHTga raislik Qozog‘istonga o‘tyapti

Olam

image

Belarus 2023 yil 31 dekabrda KXSHTga raislikni rasman Qozog‘istonga o‘tkazadi. Bu haqda bugun, 23 noyabr kuni Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko Minskda bo‘lib o‘tgan KXSHTning kengaytirilgan sammitida ma’lum qildi.

“Bu geosiyosiy jihatdan tez sur’atda o‘tgan yil edi, shuning uchun jadval tig‘iz bo‘ldi”, deydi u.

Lukashenkoning aytishicha, KXSHT a’zo davlatlar va butun Yevroosiyo mintaqasi xavfsizligini ta’minlashning ajralmas elementidir.

Shuningdek, Lukashenko butun dunyoda ham, mintaqada ham tashkilot mas’uliyati sohasidagi geosiyosiy tendensiyalarni tahlil qilish va KXSHT mamlakatlari xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha yangi yechim topish zarurligini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Minskning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan Mustaqillik saroyida KXSHT Kengashi majlisi bo‘lib o‘tgan. Unda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Rossiya yetakchisi Vladimir Putin va  Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko ishtirok etdi. Tashkilotga a’zo barcha olti davlat rahbarlaridan faqat Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan yig‘ilishda qatnashmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston KXShT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing