KXSHT yig‘ilishiga borgan Shoygu Belarusda yadro qurolini saqlash bo‘yicha hujjatlarni imzoladi
Olam
−
25 may 2023
3437Bugun, 25 may kuni Rossiya va Belarus Mudofaa vazirlari Sergey Shoygu va Viktor Xrenin Minskda Rossiya yadro qurolini Belarus hududidagi maxsus omborda saqlash tartibini belgilovchi hujjatlarni imzoladi. Bu haqda Belarus Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Uchrashuv davomida Rossiyaning strategik bo‘lmagan yadro qurollarini Belarus Respublikasi hududidagi maxsus omborda saqlash tartibini belgilovchi hujjatlar imzolandi”, deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.
Uchrashuvda vazirlar harbiy-siyosiy vaziyat va ikki davlat mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi harbiy-texnik hamkorlik masalalarini muhokama qilgan. Shoygu Rossiya va Belarus tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar barcha mavjud xalqaro-huquqiy majburiyatlarga mos kelishini ta’kidlagan
Aytish joizki, joriy yilning 25 mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya Belarus tomonining iltimosiga ko‘ra, respublikada o‘zining taktik yadro qurolini joylashtirishini aytgan. Rossiya davlati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, 1 iyulda Belarus hududida taktik yadroviy qurollarni saqlash ombori qurilishini yakunlash rejalashtirilgan. Moskva Minskka yadroviy qurol tashuvchisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan “Iskandar” raketa tizimini allaqachon topshirgan va Belarus samolyotlarini maxsus o‘q-dorilardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun qayta jihozlashda yordam bergan. Belarus harbiy xizmatchilari Rossiya Federatsiyasida tegishli tayyorgarlikdan o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 25 may kuni Minskda Kollektiv xavfsizlik shatnomasi tashkilotiga a’zo davlatlar Mudofaa vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi