Armaniston-Ozarbayjon chegarasida keskinlik saqlanib qolyapti – KXSHT

Olam

image

Armaniston va Ozarbayjon chegarasida keskinlik saqlanib qolmoqda va deyarli har kuni otishmalar bo‘lib turadi. Bu haqda bugun, 23 noyabr kuni Kollektiv xavfsiizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Mudofaa vazirlari kengashi va Xavfsizlik kengashlari kotiblari qo‘mitasining qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqida KXSHT Bosh kotibi Stanislav Zas ma’lum qildi. 

“Ayni paytda Armaniston-Ozarbayjon chegarasida keskinlik saqlanib qolmoqda. KXSHTning javob markazi orqali bizga kelayotgan ma’lumotlar Armaniston-Ozarbayjon chegarasida deyarli har kuni otishmalar sodir bo‘layotganini tasdiqlaydi”, deydi u. 

Zasning qayd etishicha, KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashining navbatdan tashqari uchta sessiyasi – joriy yilning may, sentyabr va oktyabr oylarida – shu bilan bog‘liq holda yuzaga kelayotgan tahdidlarni muhokama qilishga bag‘ishlangan. 

22-23 noyabr kunlari Ozarbayjon Mudofaa vazirligi respublika armiyasining Armaniston bilan chegaradagi va Qorabog‘dagi pozitsiyalari kun davomida o‘qqa tutilganini ma’lum qildi. Armaniston Mudofaa vazirligi bu bayonotni navbatdagi dezinformatsiya deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 23 noyabr kuni Yerevanda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Kollektiv xavfsizlik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston

Baholaganlar

10

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing