KXDRning axlat sharlari Prezident qarorgohigacha yetib bordi
Olam
−
24 iyul
5089Bugun, 24 iyul kuni Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yolning Seuldagi davlat idorasiga Shimoliy Koreya tomonidan yuborilgan 300 ga yaqin axlat sharlari kelib tushdi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.
Taxminan 250 ga yaqin sharlar asosan poytaxt Seul va yaqin atrofdagi Kyonnggi provinsiyasining shimoliy hududiga qulagan. Prezident xavfsizlik xizmati havo shari tarkibini o‘rganib chiqqan va uning kimyoviy, biologik va radiatsiyaviy xavf tug‘dirmasligini ma’lum qilgan. Xavfsizlik xizmati Janubiy Koreya Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi bilan birgalikda vaziyatni kuzatishda davom etmoqda.
Shimoliy Koreya rasmiylari sharlarni uchirish amaliyotini rasmiy Seulning ovoz kuchaytirgich kampaniyasiga, shuningdek, janubiy koreyalik faollar tomonidan Pxenyanga yuborilgan varaqalarga qarshi javob sifatida o‘tkazayotganini bildiradi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 21 iyul kuni ham KXDR Janubiy Koreya bilan chegaradan chiqindi sharlarini uchirgandi. Rasmiylar aholini yerga qulagan narsalarga tegmaslikka, sharlarni ko‘rganda huquq-tartibot idoralari yoki harbiylarga xabar berishga chaqirgan. May oyi oxiridan beri Pxenyandan 3000 dan ortiq axlat tashuvchi sharlar uchirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga axlat va go‘ng bilan to‘ldirilgan 150 dan ortiq sharni uchirgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi